Kafedra tarixi

          O’rta Osiyo Tibbiyot Pediatriya Institutining Sud tibbiyoti kafedrasi Institut ochilgan vaqtda 1972 yilda tashkil etilgan.


         1972 yildan 1985 yilgacha kafedra mudiri bo’lib t.f.n., docent Raximov Anvar Raximovich bo’lgan.

Raximov Anvar Raximovich 1923 yilda tug’ilgan 1944 yilda ToshTI ni tugatib frontga chaqirilgan. 1946 yildan 1972 yilgacha ToshTI da avval aspirant, so’ng assistent, docent, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. 1966 yilda “Avtomobil jarohatlari va uni aniqlash tadbirlari” nomli nomzodlik dissertaciyasini himoya qildi. Xuddi shu mavzu bo’yicha monografiya xam chiqardi. 40 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi. Uning raxbarligi ostida 2 nomzodlik ishlari himoya qilingan.

Raximov

  

          1986 yildan 1993 yilgacha kafedra mudiri bo’lib t.f.n., docent Smirnof Vladimir Fedorovich ishladi.
Smirnof Vladimir Fedorovich 1960 yilda ToshTI ning davolash fakultetini tamomlagan. 1960 yildan 1964 yilgacha Yangiobod shaxrida sud-tibbiy ekspert lavozimida ishlagan. 1964 yildan 1970 yillargacha O’zEKM da ilmiy xodim bo’lib "Экспериментально-морфологическое исследование печени при отравление трихофесмой содой" mavzusida nonzodlik dissertaciyasini himoya qilgan. 1971-1972 yillarda Respublika Sud -tibbiyoti Bosh Byurosida ishladi hamda, O’OPMI ning Sud tibbiyoti kafedrasida assistent bo’lib 1972 yildan ishladi. 1973 yilda ushbu kafedraning docenti bo’ldi. Smirnof V.F. 19 ilmiy maqolalar va monografiyalar muallifidir.
 

Smirnov

 

          1993 yildan boshlab sud tibbiyoti va tibbiyot xuquqi kafedrasining mudiri professor Iskandarov Alisher Iskandarovich 

Iskandarov Alisher Iskandarovich O’rta Osiyo Pediatriya Institutini 1973 yilda tugatgan. 1983 yilda “Ruxning kompleks birikmalari toksokologiyasi” mavzusida nomzodlik, 1992 yilda esa “FOI lardan o’tkir zaxarlanishlar sud-tibbiy toksikometriyasi va tanatogenezi” mavzusida doktorlik dissertaciyalarini himoya qilgan. Professor Iskandarov A.I. bir vaqtning o’zida ToshPTI nini o’quv ishlari bo’yicha prorektori. 4 darslik va 2 – monografiya muallifi. 2001 yildan sud tibbiyoti bo’yicha mono tematik komisiya raisi. Uning raxbarligida 10 nomzodlik va 1 doktorlik dissertaciyasi ximoya qilingan, 20 dan ziyod magisterlik dissertaciyalariga ilmiy raxbar bo’lgan. Hozirgi kunda kafedra doktorantlari va mustaqil tadqiqodchilariga ilmiy maslaxatchi. 

 

Iskandarov

 

 

2003 yildan kafedra “Sud tibbiyoti va tibbiyot xuquqi” deb nomlandi..

ToshPMI nini patologik anatomiya va sekcion biopsiya kursi kaferdasi ToshTI dan Tosh PMI kafedrasi bo’lib 1972 yilda ajralib chiqdi. 1972yildan 1995 yilgacha kafedraga mudir Alimov Vali Alimovich bo’ldi.

 

Alimov

 

So’ng 1995 yildan 2002 yilgacha kafedra mudiri Fazilov Kamil Fazilovich; 

2002 - 2004 yillar Tursunov Abdulazizi Muxammednazirovich; 
2004-2006 yillar Xaqberdiev Mardon Muxammedovich; 
2006 yil sentyabr oyidan dekabr oyigacha Axrarov Xabibullo Xamidullaevich; 
2006 - 2007 yillar Zokirov Yorqin Uzievich; 
2008-2010 yillar Rasulov Xamidullo Abdullaevichlar mudirlik qilib kelishdi.

           2011 yilda “Sud tibbiyoti va tibbiyot xuquqi” kafedrasi “Patologik anatimiya sekcion biopsiya” kafedralari qo’shildi

           Kafedra “Sud tibbiyoti va tibbiyot xuquqi, patologik anatomiya sekcion biopsiya kursi bilan” deb nomlana boshlandi.

           Xozirda kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Iskandarov Alisher Iskandarovich.


           Kafedrada docent Yakubov X.X., assistantlar t.f.n.: Pirieva L.V., Abdukarimov B.A., Kuziev O,J., assistentlar Burankulova N.M. va Qodirov K.U. lar faoliyat yuritishmoqda. 


           Patologik anatomiya va sekcion biopsiya kursida docentlar: Nuritov N.R., Tursunov A.M., Karataeva L.A., assistentlar: Ruziev I.B., Bobojonova Sh.U., Inagamov A. lar ishlamoqdalar.